ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Kamtarlik kamolga yetaklar

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: “Bir-biringizga nisbatan kamtar bo’ling, toki biron kimsa birovga nisbatan takabburlik qilmasin, biron kimsa boshqa kimsaga zulm qilmasin”. Hadisi sharifda mo’min kishi kamtar bo’lishga chorlanadi.

 

“Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Kamtarlik kamolga yetaklar”, deya nomlanib, u 2018 yil, 6 aprelь Juma kuni soat 18:55da efirga uzatiladi.

Ko’rsatuvning “Pandnoma” ruknida O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari Abdulaziz Mansurov, Toshkent shahar “Masjidul-xayr” jome masjidi imomi Tohir Vohidov, Zangi ota tumani bosh imomi Nurali Mavlonov hamda “Bir hadis sharhi” ruknida Toshkent islom universiteti o’qituvchisi Abdulatif Alloqulovlar ishtirok etadilar. Ko’rsatuv davomida qiziqarli lavhalar namoyish etiladi, kamtarlik fazilati kishining bezagi ekani ta’kidlanadi.

Shuningdek, Toshkent islom universiteti talabalari tomonidan kerakli ma’lumotlar beriladi, hadis va hikmatdan olgan xulosalarini bayon etadilar.

 

471
06.04.2018