ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“SILAI RAHM FAZILATI”

«Kimni rizqi keng, umri uzoq bo’lish xursand etsa, bas, u silai rahm qilsin, ya’ni qarindoshlik rishtalarini mustahkamlasin», deyiladi hadisi sharifda.

Qarindoshchilikning yaxshiliklari borasida “Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Silai rahm fazilati” nomli ko’rsatuvni tomosha qiling. Mazkur ko’rsatuv bugun – 2018 yil 14 fevral` chorshanba kuni soat 18:50da “O`zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladi. Unda “Pandnoma” ruknida O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi o’rinbosari Abdulaziz Mansurov aka-ukalar o’rtasida kelib chiqqan muammolar yuzasidan o’git beradilar, qarindoshchilik aloqalarini mustahkamlash haqida nasihat qiladilar. Shuningdek, dasturda Sirdaryo tumani bosh imom xatibi Aminjon Ismoilov, “Bir hadis sharhi” ruknida TIU o’qituvchisi Abdulatif Alloqulov, “Dolzarb mavzu” ruknida esa Piskent tumani bosh imom xatibi Zaynulobiddin Qudratovlar ishtirok etadilar. Ko’rsatuv davomida Toshkent islom universiteti talabalari hadislar va alloma pandlari asosida so’zlab o’tadilar. Ko’rsatuvni ko’ring, qarindoshlar ziyorat qilib turishni unutmang.

 

1235
14.02.2018