ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“SABRNING HIKMATI”

“Sabr ziyodir” deyiladi hadisi sharifda. Chindan ham, sabr ortidan yaxshiliklar kelishi rost gap. 

“Ziyo” media markazi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Sabr hikmatlari” deya nomlanib, 2018 yil 2 fevralь juma kuni soat 18:50da “O`zbekiston” telekanali orqali “E’tiqod mustahkamligi” rukni ostida efirga uzatiladi. Unda Toshkent shahar “Hazrati Imom” masjidi imom-xatibi Habibulloh Abdurazzoqov, “Qur’on ma’nolari” rukni bilan Toshkent islom universiteti o’qituvchisi Abdulatif Alloqulov, “Dolzarb mavzu” ruknida esa Toshkent shahar “Islom ota” masjidi imom-xatibi Jasur Raupovlar ishtirok etadilar. Ko’rsatuv davomida “Pandnoma” rukni ham mavjud bo’lib, unda O’MI muftiy o’rinbosari Abdulaziz Mansurovning o’z muammosi bilan bilan tashrif buyurganlarga bergan pand-nasihatlari namoyish etiladi. Ko’rsatuv davomida Toshkent islom universiteti talabalari alloma pandlari asosida ma’lumot va fikrlarni bildirib o’tadilar. Ko’rsatuvni ko’ring, sabr haqida yana bir bor fikr yuriting.

 

 

2096
02.02.2018