ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Qur’on bilan qanday davolanadi?

Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam 3 xil usulda davolanganlar:

  1. Tabiiy usul – dorivor giyohlar bilan.

  2. Ruhiy usul – Q ur’on va duolar bilan.

  3. Qo’shimcha usul. Ushbu 2 usulni uyg’unlashtirgan holatda – ham dorivor giyohlar ham ilohiy so’zlar bilan. Masalan, suv va asaldan foydalanish – bu tabiiy davolash usuli. Agar bunga Qur’on oyatlaridan o’qilsa – bu uyg’unlashgan usul hisoblanadi.

Hozirgi kunda esa davolash 2 xil usulda:

  1. Shifokor ko’rigi va shu asosda buyurilgan davolash. Avval shifokor bemorni ko’rigdan o’tkazadi, unga tashxis qo’yadi va davolaydi. Bunga amal qilgan bemor sog’ayadi. Ushbu usul arab tilida “Tibbul-jismani” deyiladi.

  2. Qur’on o’qish ya’ni Allohning ilohiy so’zlari va uning Rasulidan bizgacha yetib kelgan duolar bilan. Ushbu usul arab tilida “Tibbur-ruhani” deyiladi. Biz ushbu 2-usulni ko’rib chiqamiz.

Eslatma:

Buni albatta yodda tutingki, ayniqsa ayollar davolanish maqsadida turli xil folbin, sehrgar, “ochib beruvchi” odamlarga borish ularning so’zlariga ishonish va amal qilish dinimizda qat’iyan mumkin emas. Ular qurbonlik qilish, qora hayvonlarni so’yish va qonini badanga surtish kerakligini aytib insonlarni aldashadi.

Inson o’zining ruhiy kasalliklarini davolashda Qur’oni karimni yod olgan uni yaxshi o’qiy oladigan va ushbu ishni yaxshi tushunadigan mutaxassisga  murojaat qilishi lozim.

  Qur’onning ta’siri:

Agar davolanish Qur’on, duolar bilan olib borilsa bemorda quyidagi belgilar paydo bo’ladi:

  1. Aniq belgilar – yig’lash, ovozni ushlay olmaslik, baqirish, jazavaga tushish va hokazo. Biz bu belgilarni bemorda yaqqol ko’rishimiz va eshitishimiz mumkin.

  2. Yashirin belgilar: Qur’on o’quvchi yuqoridagi belgilarni bemorda ko’rmasligi mumkin, ammo bemor buni o’zida his qiladi. Bunga bosh og’rig’i, nafas qisishi, bezovtalik, ko’ngil aynishi va hokazolar kiradi.

Agar namozga va islom ahkomlariga rioya qiluvchi inson, ushbu aniq va yashirin belgilarni o’zida sezmasa, Qur’on bilan davolanishi ixtiyoriy bo’ladi va albatta bemor tajribali mutaxassis shifokorga murojaat qilishi lozim.

   Ammo namozni vaqtida ado etmaydigan, Allohning buyruqlariga beparvo bo’lgan inson Qur’on bilan davolanish uchun bir necha bor borishi kerak. Ammo ushbu holatda ham bemorning ahvoli yaxshilanmasa, bu bemor ham mutaxassis shifokorga murojaat qilishi lozim. Kasallikni to’g’ri aniqlash va tashxis qo’yish bemorni yaxshi davolash demakdir. Inson davolanishdan avval, uni nima bezovta qilayotgani, unga qanday shifokor kerak ekanligini aniqlab olishi va davolanishi kerak.

  Agar shifokor tashxis qo’yishda qiynalsa yoki tibbiy muolajalarning foydasi bo’lmasa bemorni Qur’on va hadislar orqali ruhiy holatni davolash talab etiladi.

 Davolanishda talab etiladigan qoidalar:

Olimlarning ta’kidlashicha, insonning ruhiy holatini davolash uchun 3 qoidasi bor:

  1. Qur’on o’quvchi imonli Allohni taniydigan, uning kalomini, sifatlarini tushunuvchi bo’lishi lozim.

  2. Shu bilan bir qatorda arab tilida yoki bemor tushunadigan tilda so’zlashishi kerak.

  3. O’quvchi va eshituvchi har qanday holatda ham, har qaysi kasallikni davosi faqat Yaratganning yordami bilan bo’lishiga iqror bo’lishi lozim. Ularning ko’nglida davo faqat Allohning izni ila bo’lishiga va boshqa hech qanday kuch ta’sir eta olmasligiga ishonch bo’lishi shart.

Qur’on bilan davolovchi quyidagilarni yodda tutish kerak:

  1. Iymonli, sog’lom fikr yurita oladigan, kamchiliklardan holi, pok noqis bo’lishi. Ushbu inson boshqa dinga ishonmasligi va boshqa diniy xulqqa ega bo’lmasligi kerak. Aks holda bunday insonlarga davolanish uchun borish mumkin emas.

  2. Jin, shayton va boshqalardan davolanish faqat Allohning so’zlari, Qur’on bilan amalga oshiriladi. 

  3. O’quvchi jinlarning insonga ta’siri, ularning kelib chiqishi haqida tushunchaga ega bo’lishi.

  4. Nikoh qurgan, oilali bo’lishi.

  5. Pok, gunohdan yiroq bo’lishi.

  6. Allohning zikrida bo’lishi va har doim pok, tahoratli holatda bo’lishi.

  7. O’z ishini chin ko’ngildan bajaruvchi Alloh yo’lida insonlarga yordam beruvchi inson bo’lishi.

  8. Allohdan boshqa hech kimdan va hech narsadan qo’rqmaydigan, o’ziga ishonuvchan bo’lishi.

  9. Odamlarning ayb nuqsonlari, kamchiliklarini berkituvchi.

  10.  Har bir ishini Alloh roziligi uchun qiluvchi inson bo’lishi lozim.

 

Nigina Botirova tayyorladi

2342
01.02.2018