ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Tarixiy buyumlarni o’g’irlaganlarga umrbod qamoq jazosi

Misr hukumati tarixiy artefaktlarni o’marganlik uchun jazoni sezilarli keskinlashtirishni rejalashtirmoqda.

Hozirda mamlakatda qadimiy osori atiqalarni himoya qilish haqidagi qonunga o’zgartirishlar kiritishga tayyorgarlik ko’rilmoqda. Qimmatbaho tarixiy obyektlarni va Qadimgi Misr haykallarini o’g’irlash va mamlakatdan tashqariga olib chiqib ketish jinoyati uchun umrbod qamoq jazosi tayinlanishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, manbalarning xabar berishicha, 500 ming dollar miqdorigacha bo’lgan yirik jarima solish ham ko’rib chiqilmoqda.

Eslatib o’tish kerakki, o’tgan yili dekabr oyida bu borada yirik jinoyat ro’y bergan edi. Ya’ni, Qohira xalqaro aeroportidagi yo’lovchi yonidan u Fransiyaga olib o’tmoqchi bo’lgan 329 ta qadimiy tangalar topilgan edi.

 

   www.islam-today.ru dan olindi

401
24.01.2018