ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Hind musulmonlariga Haj uchun moddiy yordam ajratilmaydi

Bundan buyon Hindiston musulmonlari Saudiya Arabistoniga Haj ziyoratiga borishda hukumatdan moddiy yordam olmaydi.

Bu haqida ozchilik ishlari bo’yicha vazir Muxtor Abbos Nakvi e’lon qildi. Uning so’zlariga ko’ra, bundan buyon bu pullar ozchilik vakillari bo’lgan ayol va qizlarning ta’lim olishiga yo’naltiriladi. Shunisi e’tiborliki, hukumatning bu qarorini Hindistondagi ko’plab musulmon tashkilotlari olqishladi va davlatning bu yordami ko’p yillar davomida musulmonlarni obro’sini to’kishga sarflangani, go’yoki hukumat bu yo’l bilan saylovlarda musulmonlarning ovozini sotib olganini ta’kidladi. Bundan tashqari, Hindistondagi musulmon yetakchilarining ta’kidlashicha, endi Haj ziyoratini faqatgina moddiy jihatdan qurbi yetadiganlargina amalga oshiradi, zero, Haj ibodatini bajarish moddiy jihatdan imkoni borlargagina farz sanaladi.

 

www.islam-today.ru dan olindi

857
22.01.2018