ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“VATAN HIMOYАSI – MUQADDAS BURCH” ko’rsatuvi anonsi

2018 yilning “E’tiqod mustahkamligi yo’lida” turkum dasturlarining ilk ko’rsatuvi 14 yanvarь – “Vatan himoyachilari” kuniga bag’ishlanadi.

“Vatan himoyasi – muqaddas burch” nomli ko’rsatuv 2018 yil 12 yanvarь kuni soat 20:00da “O`zbekiston” telekanali orqali “E’tiqod mustahkamligi” rukni ostida efirga uzatiladi. Unda Toshkent viloyati “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi Jasur Raupov, maktab direktori Zamira Azimboevalar ishtirok etadilar. Shuningdek, ko’rsatuvda maktab o’qituvchilari tomonidan bildirilgan iliq fikrlar taqdim etiladi. Harbiy kursantning iftixorga to’la so’zlari beriladi. Ko’rsatuv davomida Toshkent islom universiteti va universitet qoshidagi litsey talabalari Qurolli Kuchlar qo’mondonligi muzeyiga tashrif buyuradilar va mavzu yuzasidan o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tadilar.

 

 

1038
12.01.2018