ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Immunitetni qanday mustahkamlash mumkin? Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam sunnatlari asosida javob beramiz

Bu hozirgi mavsumda hammani o’ylantiradigan savoldir. Ko’pchiligimiz buning uchun mablag’ni va vaqtni ayamasdan dorixonalardan behuda dorilarni sotib olamiz.

Yaqinlarimizni asrash maqsadida, “Mo’’jizaviy tabletka”lar olib, har xil angina, gripp, bronxit va boshqa kasalliklardan himoyalash uchun yelib yuguramiz. Farmasevtika sohasidagi yutuqlarning o’sishiga qaramasdan qo’rqmasdan aytolamizki, immunitetni oshirish uchun “mo’’jizaviy dori” yo’q. Xafa bo’lishga shoshilmang. Mustahkam sog’liq uchun dorixonaga chopish shart emas. Bunga erishish uchun dinimiz Islomga, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga murojaat qilish kifoya. Dinimizda biz siz bilan organizmimizni mustahkamlash immunitetni himoyalashning eng yaxshi usullarini ko’rib chiqamiz. Baxtimizga Islomda hamma savollarimizga javob bor. Bu qanday ham yaxshi! Qani ko’rib chiqaylik-chi:

Tahorat. Tahorat – musulmonning namozdan oldingi ibodati bo’libgina qolmay balki salomatlikka erishishning oson yo’li hamdir. Musulmonning tahorati insonning yurak-tomir sistemasi, xatto undan tashqari odam tanasini bir maromdagi refleksoterapiyasiga ta’siri qadimdan o’z isbotini topgan. Xususan, sovuq suvda qilingan tahorat chiniqishda yordam beradi. Doimiy og’iz bo’shlig’i va burunni chayish turli infektsiya zararlarining oldini oladi. Qisqasi, mukammallik oddiylikdadir – tahorat qiling va sog’lomlikka erishing.

Zanjabil. “Jannat ildizi” deb hisoblanuvchi bu dorida antibakterial, shamollashga qarshi, antimikrob, antiseptik, bakteritsid xususiyatlarga ega. Zanjabil – doim hatto qishda va yozda uyimizda bo’lishi shart bo’lgan dorivor ildizdir. Bu xushbo’y ildiz S va V vitaminlarga boy bo’lib juda foydalidir. Tarkibida retinol bo’lib inson organizmidagi yangi hujayralarning tiklanishini ta’minlaydi. Asal bilan zanjabilning aralashmasi yanayam foydali xususiyatlarini oshiradi.

Asal. Asalning ajoyib mo’jizalarini ta’riflab Qur’oni Karimda insonlar uchun berilgan ne’mat ekanligi ta’kidlanadi. “Unda odamlar uchun shifo bordir” deyiladi. Bu mahsulot immunitetimiz uchun tengi yo’q hisoblanadi. Aytish joizki, asalning kimyoviy tarkibi va inson qoni juda o’xshash. Bizning qonimizda 24 element bor, asalda esa – 22. Toza asalni yong’oq bilan aralashmasi shamollash kasalliklarini oldini olishda juda yaxshi vositadir. Bu aralashma uchun har qanday turdagi yong’oqdan foydalanishingiz mumkin. Asosiysi, bu dorivor aralashma biroz tin olishi kerak.

Sedana yog’i. Zamonaviy tekshiruvlar ko’rsatadiki, qora sedana oshqozon-ichak traktini normallashtiradi, immun-tizimni faollashtiradi. Sedana yog’i ko’p turdagi kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarni yo’qotadi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi hamda o’t haydovchi vosita hisoblanadi. Yog’ni profilaktika maqsadida va umumiy mustahkamlovchi vosita sifatida qo’llash mumkin. Agar kun davomida 1 choy qoshiqdan iste’mol qilinsa, moddalar almashinuvini normallashtiradi va organizmning ximoya kuchini oshiradi. Bir muborak hadisda: “Qora dona o’limdan boshqa har bir dardga davodir”, deyiladi.

Xelba. Agar insonlar xelbaning qanchalik foydali ekanligini bilganlarida edi, uni oltin narxida sotib olingan bo’lar edilar. Bu noyob o’simlikning foydasi haqida islom olimlarining aniqlab berganlarini bilsak ham, shunga qaramasdan negadir bari-bir foydasi yuz yillar ilgari isbotlangan oltin urug’iga emas, balki hozirgi ixtiro qilingan ishlab chiqarilgan dori vositalarning reklamalariga uchamiz va dorixonalarga boraveramiz. Eslatib o’tamizki: xelba urug’i shamollashdan, isitmadan, virusli infektsiya asoratlaridan, qutulishda yordam beradi. Bu o’simlik o’zining yumshatuvchi xususiyati bo’lgani uchun shamollashga qarshi va balg’am ko’chiruvchi vosita hamdir. Xelba – balg’am yumshatuvchi va limfa tizimi orqali toksinlarni haydovchi vositadir. Shuning uchun 1 osh qoshiq urug’ga 0.5 litr suv damlamasi shamollashga qarshi qo’llaniladi. Bundan tashqari bu ichimlikka ko’pincha limon yoki klyukva sharbati qo’shilsa yanayam vitaminlarga boy bo’ladi.  

Demak, immunitetni oshirishda dorilar qabul qilish shart emas ekan, balki Payg’ambarimiz sollallohu alayhi va sallam sunnatlariga muvofiq hayot kechirish ayni muddao ekan.

 

Nigina Botirova tayyorladi

 

3161
08.01.2018