ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Afg’on qizlari robot yasashda yana yetakchi bo’ldi

Afg’onistonlik qizlar guruhi robottexnika bo’yicha Yevropadagi eng yirik Robotex festivalida birinchilikni qo’lga kiritishdi. Ushbu festival noyabr oyi oxirida Estoniya poytaxti Tallin shahrida o’tkazilgan edi.

Avvalroq ushbu afg’onistonlik qizlar Vashingtonda o’tkazilgan konkursda kumush sovrin sohibi bo’lishgandi. Hirotdan bo’lgan 14-17 yoshlar oralig’idagi bu qizlar o’tgan yili yozda ularga Amerika vizasini berishdan bosh tortilgan paytda butun dunyo hamjamiyati e’tiboriga tushgan edilar.

Tallinda bo’lib o’tgan musobaqada guruhning 12 a’zosidan 3 nafari ishtirok etdi. Ularning vazifasi real topshiriqlarni bajara oladigan robot prototipni namoyish etishdan iborat bo’ldi. Quyosh batareyasida ishlaydigan fermerlarga ko’mak beruvchi robot ularga g’alaba keltirdi va bu ko’plab xaridorlarning e’tiborini tortdi.

Afg’onistondagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish bo’yicha tashkilot yetakchisi Ro’ya Mahbub qizlarning Estoniyadagi mazkur g’alabasidan quvongan holda, bu guruh bilan faxrlanishini, ular texnik bilimlarni egallab, o’z vatanlarini dunyoga tanituvchi afg’on ayollarining yangi avlodi ekanligini ta’kidlab o’tdi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi   

 

 

 

1216
04.01.2018