ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING VIRTUAL QABULXONASI O’Z ISHINI BOSHLADI
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarni zudlik bilan ko’rib chiqish, shuningdek, keng jamoatchilik fikrini o’rganish maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.

Vazirning virtual qabulxonasiga Internetning vazir.edu.uz manzili orqali kirib, vazirlik tizimidagi markazlar hamda barcha oliy ta’lim muassasalari faoliyati, shuningdek, oliy ta’lim tizimiga bevosita bog’liq bo’lgan ariza, shikoyat va takliflar bilan murojaat qilishinigiz mumkin.

Manba: edu.uz

4651
31.03.2017