ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“Mahalla – tarbiya maskani” ko’rsatuvi uchun anons

“Ziyo media markazi” ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Mahalla – tarbiya maskani” deb nomlanib, 2017 yilning 22 noyabr, chorshanba kuni soat 20:00 da “O’zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladi. 

Ko’rsatuvda Buxoro shahar “Mulla Narzi” jome masjidi imom xatibi Bobur Jo’raev, “Dolzarb mavzu” ruknida Buxoro viloyati bosh imom xatibi Mansurxon Nurullaev, “Bir hadis sharhi” bilan Abdulatif Alloqulovlar ishtirok etadilar. Shuningdek, ko’rsatuv sabab yurtimizning go’zal va obod mahallalariga tashrif buyurgan Toshkent islom universiteti talabalarining hadis va hikmatlar asosidagi fikrlari e’tiboringizga havola etiladi.

Mahalla – qadriyatlar va an’analar beshigidir. U bizga bobomeros odatlarimizdan saboq beradi. Mahalla – fazilatlar o’chog’i. Eng go’zal xislatlarni shu dargohdan o’rganamiz. Mahalla – ezguliklar qo’rg’oni. Kattalarga salom berish ham, atrofni toza tutish odatlari ham shu maskanda shakllangan. U bizning otamiz kabi g’amxo’r, onamiz yanglig’ mehribon. Ilk qadamlarimiz izi qolgan, ajdodlarimiz nafasi singgan aziz maskanimiz. Qayerda bo’lmaylik, uni sog’inamiz. Qadrdon mahallamizga qadam qo’yishimiz bilan o’zimizni xotirjam his etamiz. Uning osoyishtaligi, farovonligi dunyodagi jamiki ne’matlardan-da azizroq ekanini his etamiz. “Mahalla – tarbiya maskani” ko’rsatuvini ko’ring va go’zal mahallalarimiz sari g’oyibona sayohatda bo’ling.

 

871
21.11.2017