ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Qur’on bog’iga marhabo!

Yaqin kunlarda Dubayda juda ajoyib va noodatiy bog’ ochilishi rejalashtirilmoqda. 

Ushbu bog’ Islom dinining muqaddas manbasi – Qur’oni karimga bag’ishlangandir. Bu yerda mo’tabar kitobda kelgan tarixiy voqealarning mazmunini tushuntiruvchi eksponatlar namoyish etiladi. Bundan tashqari, bog’ga tashrif buyuruvchilar Qur’oni karimda nomi kelgan mevalarning ilmiy jihatdan afzalligi va tibbiy foydalari haqida ham bilib olishlari mumkin. Masalan, anjir, banan, jo’xori, zaytun, sarimsoq, qovun, bodring, zanjabil, sedana, yasmiq (chechevitsa) shular jumlasidandir. Shu bilan birga, bu yerda katta oranjereya, keng sahro hamda Ispaniya janubidagi mashhur andalus bog’lariga qiyosan barpo etilgan maydonni o’z ichiga olgan “islomiy bog’” ham qad rostlaydi. Ushbu istirohat bog’ining ochilish sanasi hali e’lon qilinmagan.

www.islam-today.ru saytidan olindi

 

 

532
11.09.2017