ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
2017 yilgi Haj mavsumining yakunlari e’lon qilindi

Saudiya Arabistoni Madaniyat va axborot vazirligi 2017 yilgi Haj mavsumi yakunlarini e’lon qildi. 

Vazirlik e’lon qilgan xabarga ko’ra, bu yil 2 352 122 kishi muqaddas qadamjolarga haj ziyorati uchun tashrif buyurgan. Ularning 1,75 millioni – chet davlatlarning fuqarolaridir. 1 milliondan ortiq kishi Osiyo davlatlaridan tashrif buyurishgan. Arab davlatlari hamkorlik kengashiga kirmaydigan davlatlardan 400 ming nafar kishi, Afrika qit’asi davlatlaridan 200 ming kishi, Yevropa qit’asidan 100 ming nafar kishi, AQSH va Avstraliyadan esa 25 ming nafar kishi haj ziyorati uchun tashrif buyurgan.

Bu yil haj borasidagi eng so’nggi ma’lumotlar hojilarning mobil qurilmalariga yuborib turildi. Bundan tashqari, ularning har biri elektron identifikatsiyalangan bilaguzuklar bilan ta’minlandi.

Hojilarning xavfsizligi uchun fuqarolik mudofaasining 2280 nafar xodimi, shu bilan birga turli davlatlardan 2935 nafar ko’ngillilar xizmat qildi. Haj mavsumi jarayonlari esa 1650 nafar jurnalistlar tomonidan yoritib borildi. Hojilarga 30 ming nafar malakali shifokorlar tibbiy xizmat ko’rsatdi, ushbu mavsumda maxsus 15 ta tibbiy markazlar ochildi. Eslatib o’tamiz, avvalroq bu yilgi haj mavsumi davomida 39 kishi olamdan o’tgani haqida xabar berilgan edi.

 

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi

 

 

476
09.09.2017