ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Yaqin Sharqdagi eng yirik kutubxona

Dubayda navbatdagi noyob arxitektura inshootini qurish ishlari boshlandi. 

Bu safar shahar hukumati noodatiy loyihani amalga oshirishga qaror qildilar, ya’ni ochiq turgan kitob shaklidagi kutubxona binosini qurishga kirishdilar. Loyihaga ko’ra, kutubxona binosi yetti qavatdan iborat bo’ladi. Ushbu inshoot Yaqin Sharqdagi eng yirik kutubxona bo’lishi aytilmoqda. Unga har yili 42 million kishi tashrif buyuradi. Qurilish qiymati esa 272 million dollar deb baholanmoqda.

Ushbu kutubxonadagi asosiy joyni kitob, qo’lyozma va hujjatlarni saqlash va qayta tiklash bilan shug’ullanuvchi markaz egallaydi. Bundan tashqari, inshootda Al-Maktum oilasiga tegishli nodir artefaktlar muzeyi, insoniyat tamaddunining tarixi va merosiga bag’ishlangan muzey ham joy oladi. Kutubxona keyingi yilning o’rtalaridan boshlab ilk tashrif buyuruvchilarni kutib oladi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi 

      

293
12.08.2017