ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“KITOB MUTOLAASI” ko’rsatuvi anonsi

Kitob o’qish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. 

Ilm izlash, kitob mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, o’ziga xos huzur bag’ishlaydi. “Ziyo” studiyasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv “Kitob mutolaasi”, deya nomlanib, 2017 yil 9 avgust kuni 20:15 da efirga uzatiladi. Takroran 10 avgust kuni soat 8:10 da namoyish etiladi.

Ko’rsatuv  davra suhbati asosida tayyorlangan bo’lib, unda Toshkent shahar “Xo’ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi Rahmonov hamda Toshkent islom universitetining “Manbalar xazinasi” mudiri Muhammadsiddiq Usmonovlar ishtirok etadilar. Qolaversa, ko’rsatuv davomida talabalar ishtirokidagi lavha ham taqdim etiladi.

Inson qalbi saxiy tuproq misolidir. Unga tushgan har qanday urug’, albatta, unib chiqib, meva beradi. Xuddi shunday, Navoiy asarlaridagi olijanob tuyg’ular, Zamaxshariy pandlaridagi insonparvarlik g’oyalari, Bobur g’azallaridagi sadoqat urug’lari yoshlarning yuragiga ekilishi qanday yaxshi!.. Ana shunday kitobga oshno dillarga hech bir axloqsizlik yoki yot g’oyalar xavf sola olmaydi. Tilagimiz, yurtimizdagi har bir oilada foydali kitoblar o’qilsin, ma’rifat ziyosi har bir xonadonga kirib borsin! Ko’rsatuvni ko’rib, kerakli xulosalar olasiz, degan umiddamiz.

 

 

 

 

 

 

352
09.08.2017