ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savr tog’ida obodonlashtirish ishlari

Saudiya Arabistoni Qirolligining Turizm va milliy meros bo’yicha tashkiloti “Muqaddas shaharni madh qilish” deb nomlangan ko’ngillilar loyihasi bilan hamkorlikda ajoyib ishni tashkil etishdi.

“Al-Madina” nashrining xabar berishicha, ular Savr tog’i atrofini turli chiqindilardan tozalash bo’yicha obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Bu Turizm va milliy meros tashkilotining ko’ngillilar guruhi bilan Makkadagi tarixiy maskanlarni obodonlashtirish bo’yicha birinchi loyihasi emas. Ushbu loyihada 600 ta ko’ngillilar ishtirok etdi va ular 200 qopdan ziyod chiqindilarni to’plashga muvaffaq bo’lishdi. Tozalash ishlaridan tashqari, loyiha ishtirokchilari uchun ekskursiya tashkillashtirildi va ularga Islom dini va tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tarixiy maskanlar haqida so’zlab berildi.

Eslatib o’tamiz, Savr tog’i Makkai mukarramadan 5 kilometr uzoqlikda joylashgan. Aynan mana shu tog’dagi g’orda Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u zotning eng yaqin sahobiylari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Madinaga hijratga ketayotganlarida ortlaridan ta’qib qilib kelayotgan Qurayshlik mushriklardan berkinishgan. 

1381
16.03.2018