ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
“Haj: sayohat haqida xotiralar” ko’rgazmasi

Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu Dabida Shayx Zayd Katta masjidining yubileyi munosabati bilan “Haj: sayohat haqida xotiralar” nomli ko’rgazma ochildi. 

Bu haqida marwa.ru manbasi xabar bermoqda. Ko’rgazma Abu Dabi Turizm va Madaniyat Boshqarmasi ko’magida o’tkazilmoqda. Ushbu ko’rgazmada haj ziyorati tarixi bilan bog’liq bo’lgan 180 dan ortiq tarixiy va badiiy eksponatlar namoyish etilmoqda. Ularning bari 15 ta mamlakatning o’zidagi va xorijiy tashkilotlar va kolleksionerlardan to’plangan.

Ko’rgazmada BAAlik hojilarning necha yillar mobaynidagi tajribalari yoritiladi, ularning hikoyalari va suratlari taqdim etiladi. Shu bilan birga, tashrif buyuruvchilar Amirliklardan va boshqa yerlardan ziyoratchilar Makkaga qatnagan qadimiy qatnov yo’llari, bu sayohatlarda ular duch kelgan turli sinovlarni yorituvchi arxiv ma’lumotlari bilan ham tanishishlari mumkin.

Yana shunisi e’tiborliki, ko’rgazmadan Qur’oni karimning qadimiy va nodir qo’lyozma nusxalari ham joy olgan. Ushbu ko’rgazma 2018-yilning 19-martiga qadar davom etishi aytilmoqda.   

 

 

302
12.11.2017