ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Madinai munavvara bo’ylab sayohat

Bundan buyon, hojilar va sayohatchilar maxsus sayohat avtobuslari orqali Madinai munavvara shahridagi diqqatga sazovor joylar bilan tanishishlari mumkin. 

Bu haqida marwa.ru manbasi xabar bermoqda. 60 kishiga mo’ljallangan ikki qavatli avtobuslar sayohatchilarni ko’hna shaharning eng qadimiy va madaniy inshootlari bo’ylab sayr qildiradi. Ushbu tur shaharning 11 ta diqqatga sazovor joylarini o’z ichiga oladi. Sayohatning dastlabki nuqtasi bo’lgan Masjid an-Nabaviy, Masjid al-Qiblatayn, Masjid al-Qubo, Salom darvozasi, Manah (manah – tuyalar safardan so’ng dam oladigan joy) maydoni, Baqiy qabristoni, Uhud tog’i, Sulton ko’chalari, “an-Nur” savdo majmuasi, yettita masjidni birlashtirgan masjid, Usmoniylar sulolasi davridagi Hijoz temir yo’l stansiyasi shular jumlasidandir.

Sayyohlar bu maskanlarning har birida 30 daqiqa davomida to’xtaydilar. Ushbu qadamjolar haqidagi tarixiy va madaniy ma’lumotlarni sakkiz tilda tinglash mumkin. Bular, arab, ingliz, fransuz, turk, malay, indoneziya, fors va urdu tillaridir. Ushbu sayohat narhi 80 saudiya riyolini tashkil etadi.

 

Xurshida Abdullayeva tayyorladi       


 

313
11.11.2017