ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Diniy bag’rikenglik – tinchlik garovi

Tarixdan ma’lumki, qaysi jamiyat hayotida bag’rikenglik tamoyillariga amal qilinsa, o’sha yerda o’zaro hurmat va samimiyat qaror topadi, barcha insonlar tinch va osoyishta hayot kechiradilar. 

Tinchliksiz taraqqiyot va farovonlik bo’lmagani kabi, bag’rikengliksiz tinchlik barqaror bo’lmaydi. “Ziyo” studiyasi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan navbatdagi ko’rsatuv ham aynan shu mavzuga bag’ishlangan. “Diniy bag’rikenglik – tinchlik garovi” deb nomlangan ushbu ko’rsatuv 10 noyabrь juma kuni soat 20:00 da “O’zbekiston” telekanali orqali namoyish etiladi.

Ushbu ko’rsatuvda O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toshkent shahar “Novza” jome’ masjidi imom-xatibi Jaloliddin Hamroqulov hamda Toshkent islom universitetining faol talabalari ishtirok etishadi. SHu bilan birga, yaqinda yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlarning mamlakatimizda qaror topgan bag’rikenglik muhiti haqida bergan intervьyularini ham tinglashingiz mumkin.

Demak, “Diniy bag’rikenglik – tinchlik garovi” nomli ko’rsatuvni e’tiboringizga havola etamiz.  

157
10.11.2017