ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Zam-zam qudug’i ta’mirlanmoqda

Haj ziyoratiga borgan hojilar ushbu ziyoratlarini zam-zam suvisiz tasavvur eta olmaydilar. 

Islam.ru saytining xabar berishicha, Makkai mukarramadagi Masjidul Haramda ziyoratchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish niyatida Zam-zam qudug’i ta’mirlanmoqda. Shu bois, hozirgi vaqtda Ka’bai muazzama atrofidagi hududga kirish chegaralangan. Zam-zam qudug’ini ta’mirlash bo’yicha loyiha Saudiya qiroli Salmon tomonidan ma’qullangan. Hududdagi qurilish va ta’mirlash ishlari yetti oy mobaynida davom etadi. Uning birinchi bosqichida mataf (Ka’ba atrofida tavof qilinadigan hudud)ning sharqiy qismida suv saqlash uchun maxsus beshta hovuzlar o’rnatiladi. Shundan so’ng, quduqning eski beton o’ramasi yangisiga almashtiriladi.

 

www.islam.ru dan olindi

 

 

273
05.11.2017