ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
18 oktyabrь kuni “Islom hamjihatligi: O’zbekiston-Ozarbayjon misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tadi.

2017 yil 18 oktyabrь kuni Anjumanlar saroyida “Islom hamjihatligi: O’zbekiston-Ozarbayjon misolida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya bo’lib o’tadi.

Konferentsiya O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi, Ozarbayjon Respublikasi diniy tashkilotlar bilan ishlash Davlat qo’mitasi hamda Kavkaz musulmonlari diniy idorasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Anjumanda O’zbekiston, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan vakillar qatnashishi belgilangan.

Anjuman dasturiga muvofiq Konferentsiya asosiy yalpi majlis va ikkita sho’’baga bo’lingan yig’ilish shaklida tashkil etiladi. Anjumanning 1-sho’’ba majlisi “Islom hamjihatligi: O’zbekiston-Ozarbayjon misolida” va 2-sho’’ba majlisi “Diniy ekstremizm va terrorizm – tinchlik va barqarorlikka tahdid” mavzularida o’tkaziladi.

261
18.10.2017