ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Navoiy hikmatlari

Sen o’z xulqungni tuzgil, bo’lma el axloqidin xursand,

Kishiga chun kishi farzandi hargiz bo’lmadi farzand.

***

 

Yugurma rizq uchun, ne yetsa Haqdin, anglakim, komil

Ne kelturgil demish, ne g’aybdin kelganni qaytarmish.

 

***

 

Tengri razzoq keldi – ro’zi[1] uchun

Aylama o’zni xalq aro muhtoj.

 

***

 

Ey Navoiy, istasang bargu navo[2] bu bog’ aro,

Guldek o’l roki’[3] kecha, bulbul kibi bedor subh.

 

***

 

Ey ko’ngul, kuydur tama’ tuxmin, tamanno[4] mazra’in[5],

Bu ekinni chunki hargiz qilmadi dono pisand.

 

***

 

Qaysi johilg’a nadomat bo’lg’ay ul olimchakim,

Har ne bildi, qilmadi, har neki qildi, bilmadi.

 

***

 

Ey, Navoiy, er esang dunyo arus[6]in qil taloq,

Bir yo’li bo’lma zabun bu zoli makkor[7] oldida.

 

***

 

Husn aro ishvau noz el ko’nglin

Oncha olmaski, hayo birla adab.

 

***

 

Qani Xotam, qani Qorun, qani Jamshidu Afridun?

Bas ehson qil sanga gardundin adno e’tibor o’lgach.

 

***

 

Ilmi din kasb qilki, sud ermas,

Charx mushkillarini hal qilmoq.

Lekin ul ilm dog’i naf’ etmas,

Bilibon bo’lmasa amal qilmoq.

 

***

 

Ulug’lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,

Nedinkim, anbiyog’a ilmliq inson erur voris.

 

***

 

Ikki yuzluk bo’lmakim, bu bog’ning ra’no guli

Gar qizarur bir yuzi, lekin yana bir sarg’arur.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


[1] Ro’zi – rizq, nasiba

[2] Bargu navo – rizqu ro’z, tirikchilik vositalari

[3] Roki’ – ruku’ qiluvchi, bosh eguvchi

[4] Tamanno – orzu, maqsad, istak, xohish

[5] Mazra’ – ekin ekiladigan joy, ekinzor, maydon

[6] Arus – kelin, kelinchak

[7] Zoli makkor – keksa firibgar, ya’ni dunyo

197
02.10.2017