ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Dunyodagi eng xavfli davlatlar

Jahon iqtisodiy forumi mutaxassislari dunyodagi eng xavfli sayyohlik yo’nalishlari jadvalini tuzib chiqishdi. 

Ushbu jadvaldan 136 ta davlat joy oldi. Sayyohlar uchun eng xavfli maskan deb Kolumbiya tan olindi. Bunga esa ushbu davlatda narkotik kontrabandasi, insonlarni o’g’irlash va molini talon-taroj etish bilan shug’ullanuvchi juda ko’p bandit guruhlarning mavjudligi sababdir. Sayyohlar uchun eng xavfli davlatlardan ikkinchisi esa Yaman bo’ldi. Bu davlatda 2011-yilda inqilob bo’lib o’tgan, hozirda esa fuqarolik urushlari avj olgan. Jadvalning davomini esa Salvador, so’ngra Pokiston, keyin Nigeriya davlatlari davom ettirgan.

Butun dunyodan tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlar deb esa Finlyandiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Islandiya tan olingan.

www.islam-today.ru saytidan olindi

 

 

 

464
12.09.2017