ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Shunday hadis bormi?

 

Savol: “Vatanni sevmoq iymondandir”. Bu jumlani hayotimizda ko’p eshitganmiz, amal qilamiz. Bu hadismi yoki hikmatli so’z?

 

Javob: “Vatanning sevmoq iymondandir” iborasi hikmatli so’zdir. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vasallamdan ham vatanga muhabbat qo’yishlikka dalolat qiladigan holatlar rivoyat qilingan. Shulardan biri: Rasululloh s. a. v. ni qavmi Makkadan quvib chiqarganlarida Makka bilan xayrlashib, unga qarata shunday xitob qilganlar: “Qandayam yaxshi shaharsan, qandayam menga suyuklisan! Agar qavmim meni sendan chiqarib yubormaganida, sendan boshqada yashamasdim” Imom Termiziy rivoyat qilgan. Vallohu a’lam.

 

O’zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati