ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Tilovat sajdasi

 

Savol: Qur’ondagi sajda oyatlari o’qilganida sajda qilish vojibligini bilaman. Ammo tilovat sajdasi qanday qilinishi va unda qaysi duo o’qilishini bilmayman. Shu haqida ma’lumot bersangiz.

 

Javob: Sajda oyatini o’qigan yoki eshitgan odam bir bor sajda qilishi vojibdir. Tilovat sajdasini qilish uchun ham, namoz o’qish uchun shart bo’lgan narsalar shartdir.

Tilovat sajdasini qilganda qo’l ko’tarilmaydi. Bir takbir (Allohu akbar) aytib, sajdaga boriladi va uch bor “Subhana Robbiyal a’lo” deyiladi. So’ng yana bir takbir aytib, bosh ko’tariladi.

Tilovat sajdasida tashahhud duosi o’qilmaydi va ikki yonga salom berilmaydi.

Sajdadan so’ng istaganicha duo qilish yo bu duoni o’qish mumkin: “Sajjadtu lir Rohman va amantu bir Rohman. Fag’firli zunubi, ya Rohman”.

 

Muftiy Usmonxon Alimov

“So’ragan edingiz...”