ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Kim duo qilgani yaxshiroq

 

Savol: "Erkak kishining yetti yoshi ayol kishining yetmish yoshidan ulug‘" degan ibora to‘g‘rimi? Keksa onam borlar. Dasturxon boshida onam duo qilganlari yaxshimi yoki erkak kishi bo‘lganim uchun mening duo qilganim afzalmi?

 

Javob: Siz keltirgan iboraning umuman asli yo‘q, aqlga ham, mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi. Dinimizda bu kabi asossiz gaplar umuman qabul qilinmaydi. Onaning ulug‘ligi haqida juda ko‘p gapirilgan. Bu borada jannatning onalar oyog‘i ostida ekanini eslatib o‘tish yetarli. Farzand uchun ota-onalar hayotligining o‘zi katta davlat. Ularning xizmatlarini qilib, duolarini olish saodat! Shunday ekan, yoshimiz, ilmimiz va mavqeyimizdan qat’i nazar, ota-onamiz huzurlarida faqatgina qo‘l ochib, duolariga "omin" deb turishimiz lozim.  

 

Usmonxon Alimov

“Hidoyat” jurnalidan olindi