Savol: Zakot farz bo‘lishi uchun qanday shartlar bor?
Javob: Zakotning farz bo‘lishi uchun ushbu shartlar bo‘lishi kerak:
1.Hurriyat. Zakot beradigan odam ozod bo‘lishi kerak. Qulga zakot farz emas; 2. Islom. Zakot musulmonga farz bo‘ladi; 3. Aql va bulug‘. Nisobga etgan mol egasining aqli joyida va balog‘atga etgan bo‘lishi lozim. Ammo ushr (ekinlardan olinadigan zakot) yosh bola va aqli zaifning yeridan ham olinadi; 4. Mol nisobga etishi lozim; 5. Molga to‘liq egalik qilish; 6. Nisob asl ehtiyojidan ortiq bo‘lishi; 7. Bandalardan qarzi bo‘lmaslik; 8. Molning o‘suvchi bo‘lishi; 9. Nisob miqdoriga etgan molga bir qamariy yil to‘lishi.