ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Mujtahidlar kim?

 

Savol: “Mujtahid” nima degani? Kimlar mujtahid bo’la oladi?

 

Javob: “Mujtahid” so’zi lug’atda intilganiga yetish uchun butun kuch quvvatini sarflovchi ma’nosini bildiradi. Istilohda shar’iy hukm chiqarish salohiyatiga ega faqih mujtahid deyiladi. Mujtahidlar uch darajaga ajratilgan: 1. Mutlaq Mujtahid. Bularga to’rt mazhab imomlari kiradi. 2. Mazhab darajasidagi mujtahid  (mujtahid fil-mazhab); u har qanday masalani faqat o’z mazhabi asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalarni yechish darajasidagi mujtahid (mujtahid fit-tarjih); u masalalarni tadqiq etish huquqiga ega bo’lgan. Agarda ko’rilayotgan masala bo’yicha hukmlar bir nechta bo’lsa, u o’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra, ulardan birini quvvatlashi mumkin bo’lgan. Mujtahid arab tilini, usuli fiqhni, Qur’on va hadis ilmlarini bilishi shart. Mujtahidning odob aхloqi, turmush tarzi namunali bo’lishi lozim. O’n birinchi asrdan boshlab ijtihod eshiklari yopilgan.

 

Usmonxon Alimov

“So’ragan edingiz...”