ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Futbol harommi?

 

Savol: Yer yuzida millionlab odamlar tomosha qilayotgan futbol o’yinining hukmi to’g’risida dinimizda nimalar deyilgan? Ba’zilar futbol o’yinini harom deyishadi, shu to’g’rimi? 

 

Javob: Aslida futbol ham sportning, badantarbiyaning bir turidir.

Oysha (r.a.) onamiz Payg’ambarimiz (a.s.) bilan yugurishda musobaqalashganlari haqida hadislar rivoyat qilingan. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v.)  zamonlarida qilichbozlik, kamondan o’q otish, ot va tuya poygalari kabi musobaqalar uyushtirilib turilgani hadislarda rivoyat qilinadi. Agar sport bilan shug’ullanish, badantarbiya harom bo’lganida, u zot bunga targ’ib qilmagan bo’lardilar.

Inson qaysi sport, jismoniy tarbiya turi bilan shug’ullanmasin, sog’lom bo’lishni qasd qilishi kerak.

 

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”