ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Salom berish mumkin bo’lmagan o’rinlar

 

Savol: Bir do’stim salom berish mumkin bo’lmagan o’rinlar ham bor ekan, dedi. Iltimos, ana shularni bayon qilsangiz. 

 

Javob: Mazhabimizdagi mashhur fiqhiy kitoblarda bir necha o’rinlarda salom berish makruh deyilgan. Jumladan, Alloh taoloning zikri bilan mashg’ul bo’lib turganlarga, yalang’och odamga, alik olishdan ojiz bo’lgan, masalan, ovqatlanayotgan kishiga, Qur’oni karimni qiroat qilayotgan, namoz o’qiyotgan kishiga salom berish makruhdir.

Salom berish makruh o’rinlarda salom berilsa, alik olish vojib bo’lmaydi. (“Raddul muhtor alad Durril muxtor”).

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”