ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Rizq nima?

 

Savol: Rizq deganda faqat yeyiladigan, ichiladigan narsalargina tushuniladimi? 

 

Javob: Ahli sunna val jamoa e’tiqodiga ko’ra, insonlar manfaat oladigan, ehtiyoji uchun kerak bo’lgan har bir narsa rizq hisoblanadi. Hatto insonga beriladigan ilm ham, hidoyat ham rizqdir. Qur’oni karimda bunday marhamat qilinadi: “Erda o’rmalovchi biror narsa (jonzot) yo’qki, uning rizqi (ta’minoti) Allohning zimmasida bo’lmasa! (U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur. Hammasi aniq Kito (Lavhul-mahfuz)da (yozilgan)dir” (Hud,6).

Bandalardan ana shu rizqni halol yo’l bilan axtarish talab qilinadi. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Ey imon keltirganlar! Allohgagina ibodat qiluvchi bo’lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yeb, Unga shukr qilingiz” (Baqara, 172)

Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Hech bir nafs o’z rizqini to’la olmaguncha zinhor o’lmas. Alloh taologa taqvo ila talabi rizqni to’la qilinglar. Rizqning kech qolishi uni gunoh bilan talab qilishingizga olib bormasin. Alloh taolo huzuridagi narsaga faqat u Zotga toat-ibodat qilish bilan erishiladi”, dedilar.

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”