ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Mabrur haj fazilati

 

Savol: Haj ibodati hamma gunohlarni, jumladan, o’zgalarning haqlarini va ularga qilingan zulmni ham yuvib yuboradimi? 

 

Javob: Hadislarda mabrur haj odamni onadan tug’ilgandek gunohlardan poklashi aytilgan. Ma’lumki, haqlar ikki xildir. Alloh taoloning haqi va bandalarning haqlari. Alloh taolo G’ofurur Rahimdir. O’zining haqini, ya’ni ibodatlarni o’z vaqtida bajarmaganlarni xohlasa, kechiradi. Ammo bandaning bandadagi haqlarini banda kechirmagunicha kechirmaydi. Demak, haj ibodati birovga qilingan zulmni yuvib yubormaydi. Shuning uchun haj safariga chiqishdan oldin zimmasidagi o’zgalarning haqlarini ado etish, zulm qilgan bo’lsa, kechirim so’rash lozim.

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”