ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Hojilarni dabdaba bilan kutib olish

 

Savol: Biz tomonlarda (Qo’qonda) umra, haj amallarini bajarib qaytgan ayrim ziyoratchilarni oila a’zolari, yaqinlari tomonidan karnay-surnay va dabdaba bilan kutib olish holatlari kuzatilmoqda. Shu holatga qanday munosabat bildirgan bo’lardingiz.

 

Javob: Bunday qilish mutlaqo noto’g’ri va isrofdir! Haj qilgan kishi zimmasidagi farzini ado etgan bo’ladi, qilgan haji Alloh taoloning huzurida qabul bo’lganmi-yo’qmi, buni hech kim bilmaydi. Shuning uchun hammaga ham nasib etavermaydigan qutlug’ fursat – haj qilish imkoniyati berilgan kishi, uning shukronasi qilib, qaytganidan keyin amali qabul bo’lishini so’rab Yaratganga yolvorishi va gunoh-ma’siyatlardan qat’iy tiyilishi kerak. Zero, haji qabul bo’lganining belgilaridan biri ham shu, aslida.

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”