ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Jonzot rasmli kiyim haqida

 

Savol: Ba’zan turli jonzotlar tasviri tushirilgan kiyim kiygan kishilar bilan namozda yonma-yon turib qolamiz. Buning zarari yo’qmi, iltimos shu haqida ma’lumot bersangiz?

 

Javob: Agar kiyimida jonzotlar tasviri tushirilgan kishi namozda sizning ro’parangizda bo’lsa makruh bo’ladi. Aslida, jonzotlar surati naqshlangan yoki tikilgan kiyimlarni kiyish makruhdir (“Raddul muhtor alad Durril muxtor”). Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: “Oysha onamizning gulli jun pardalari bo’lardi. U bilan uylarining bir tomonini to’sib qo’ygandilar. Janobi Rasululloh (s.a.v.): “Bu pardangni bizning ro’paramizdan olib tashlagin, chunki undagi suratlar men namoz o’qiyotganimda doim ko’rinib turadi”, dedilar” (Imom Buxoriy rivoyati)

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”