ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Kasallik yuqishi yo’q narsami?

 

Savol: Bir marosimda tumov bo’lib qolgan odam bilan bitta lagandan osh yeyishga to’g’ri keldi. Ko’nglim xijil bo’ldi. Tashqariga chiqqach, bir tanishimga bu to’g’rida gapirsam, u: “Ko’nglingizga olmang, “Kasallik yuqishi yo’q narsa” degan hadisni eshitmaganmisiz?” deb so’radi. Hayron bo’ldim – axir shamollash, grippning yuqumli kasallik ekani ma’lum-ku? 

 

Javob: Hadis shorihlari: “Kasallik yuqishi yo’q narsa...” mazmundagi hadisdan murod, “hech bir kishi Allohning izni va taqdirisiz kasal bo’lmasligini uqtirishdir”, deyishgan” (“Bayon linnos”, “Zodul maod”).

Gohida kasal oldida bo’lish, Alloh taoloning izni bilan, kasal bo’lishga sabab bo’ladi. Shuning uchun Payg’ambarimiz (s.a.v.): “Tuyalari kasal bo’lgan kishi ularni o’zganing sog’ tuyalariga qo’shmasin”, deganlar.

 

Usmonxon Alimov,

“So’ragan edingiz…”