ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Sadaqa baloni daf qiladimi?

 

Savol: “Sadaqa qiling, sadaqa – raddi balo” degan iborani eshitgan ba`zi kishilar har xil balo-ofatlardan omonda bo`lish uchun sadaqa qilishadi. Bu narsa shirk bo`lib қolmaydimi yoki yuqoridagi ibora noto`g`rimi?

 

 Javob: “Sadaqa – raddi balo”, degani “Sadaqa baloning qaytarilishiga sabab bo`ladi”, deganidir. Alloh taolo sadaqa sababli har xil balolarni daf qiladi.

“Sadaqa – raddi balo”, jumlasini sadaqaning o`zi balolarni qaytaradi, deb tushunmaslik kerak.

Kishini yoki narsani, ҳaqiqatan, balolarni qaytaradi, deyish shirkdir (“Fiqhul Akbar”).

 

Savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi,

muftiy Usmonxon Alimov javob beradi.

«Islom nuri» gazetasi 2015 yil 7-son