ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Mayyitni narvonga solish kerakmi?

 

SAVOL: Biz tomonlarda vafot etgan odamni narvonga solish odati bor. Undan tashqari, o’lik chiqqan xonadonda mayyit olib ketilgach, qirqta chiroq yoqiladi. Bu odatlar dinimizga to’g’ri keladimi?

 

JAVOB: Siz aytgan narsalarning hammasi dinimizga yot, bid’at va xurofot amallardir. Dinimiz mayyitga ozor berishdan bizlarni qaytargan. Tirik odam nimadan ozorlansa, mayyit ham shundan ozorlanadi. Shuning uchun ham uni yuvayotib ham muloyim xarakatlanishga buyurilgan. Mayyit chiqqan uyda chiroq yoqish shirk amallardandir. Qur’oni Karim tilovat qilib, nafl namozlar o’qib, xalqqa foydasi tegadigan xayrli amallar bajarib, savobini o’tganlarga bag’ishlansa, ruhlari shod bo’ladi.

 

“So’ragan edingiz...” 

Usmonxon Alimov