ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Ramazonning hurmati…

 

SAVOL: Ramazon oyida bir tanishim vafot etdi. Mayyitni qo’yib kelingach, azador xonadonda kunduz kuni kelgan-ketganlarga osh tortildi. Shu to’g’rimi?

 

JAVOB: Bu hol bir necha jihatdan xato. Birinchidan, Ramazoni sharif hurmatini toptash hisoblanadi. Biz musulmonlar Ramazoni sharif hurmatini saqlashga buyurilganmiz. Alloh taolo musulmonlarga Ramazon ro’zasini tutish farz qilgan. O’lik chiqqan xonadon va ko’ngil so’rab keluvchilarning barchasi musulmon bo’lsa, qanday qilib kunduzi oshxo’rlik qilish mumkin? “O’lim yetarli nasihatdir, eng ta’sirchan ibratdir”, deyilgan. “Bir kuni hammamiz ham ketamiz, ezgu amallar qilishga ulgurib qolaylik!” deb ibratlanish lozim.

Ikkinchidan o`lik chiqqan xonadon ahli musibatzadaligi sababli u yerda uch kungacha ovqat pishirib, ziyofat shaklida berish tahrimiy makruhdir. Aslida, Qo`ni-qo`shni, qavm-qarindoshlar musibatzadalardan xabar olib turishlari kerak.

 

 

“So’ragan edingiz...”  

Usmonxon Alimov