ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Shayxi foniylar kim?

 

SAVOL: Bir kuni bir marosimda imom-domla ro’za tutmasligi uchun uzrlilarni sanab turib, “shayxi foniylar ham ro’za tutishmasa bo’ladi” degan gapni aytdi. Shayxi foniy nima degani?

 

JAVOB: Ro’za tutishga kuchi yetmaydigan darajada keksa yoshdagi kishilar arabchada shunday ataladi. Bunday kishilar vafot etgunlaricha kundan-kunga quvvatdan ketib boradigan va o’limiga qadar qayta kuchga to’lmaydigan qariyalardir (“Bahrur roiq”). Ular Ramazonning har bir kuni uchun fitr sadaqasi miqdorida miskinlarga fidya berishadi (“Hidoya”). Ular istasalar? Fidyalarini hammasini bir qilib Ramazonning boshida yo oxirida beradilar (“Fatovoyi Hindiya”)

Ular fidya berishganidan keyin mabodo quvvatga to`lib, ro`za tutishga kuchlari yetadigan bo`lib qolishsa, tutmagan ro`zalarining qazosini tutishlari kerak bo`ladi (“Nihoya”)

 

“So’ragan edingiz...”  

Usmonxon Alimov