ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Ro`zador unutib ovqat yeganda…

 

Savol: Ro’zador odam unutib ovqat yeb qo’yishi Alloh taoloning u bandaga bo’lgan marhamati, deb eshitganman. Shunday bo’lgach, ro’zador ekani esidan chiqib ovqatlanayotgan kishini ko’rgan odam unga ro’zasini bildirgani yaxshimi yoki bildirmaganimi?

 

 

Javob: Ro’za tutganini unutib, ovqatlanayotgan kishi agar kechgacha ro’zasini bemalol yetkazadigan darajada quvvatli, yosh bo’lsa, unga darhol ro’zasini eslatish lozim. Aksincha keksa yoki o’ta holdan toyganligi sezilib turgan kishiga ro’zador ekanini aytmaslik afzaldir (“Zahiriya”).

 

 

“So`ragan edingiz...” 

Usmonxon Alimov