ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Shunday deyish mumkinmi?

 

SAVOL: Inson: “Inshoalloh (Xudo xohlasa), men mo’minman, deyishi to’g’ri bo’ladimi?”

 

JAVOB: Inshoalloh, men mo’minman, deyish xatodir. Alhamdulillah, men mo’minman, deyiladi. Muoz ibn Jabal (r.a.): “Allohga shubha qilgan bandaning shubhasi uning barcha ezgu ishlarining savobini botil (barbod) qiladi. Imon keltirib, gunoh qilgan bandaning gunohlari mag’firat qilinishidan umidvor va unga azob berilishidan xavotirda bo’linadi”, deganlar (“Fiqhul akbar”, “Al Absat”)

Shunday ekan, xato gaplarni so’zlashdan ehtiyot bo’lishimiz zarur.

“So’ragan edingiz...”  

Usmonxon Alimov