ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Qabrni bosish mumkinmi?

 

Savol: Ba’zan qabristonda qabrlarni bosib yurgan kishilarni ko’ramiz. SHunday qilish joizmi?

 

Javob: Mayyitni dafn etish chog’ida yoki boshqa paytlarda qabrlar ustini bosish mumkin emas. Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Sizlarning birortangiz qabr ustiga o’tirganingizdan ko’ra bir cho’g’ning ustiga o’tirib, kiyimingizni kuydirganingiz va o’sha kiyim kuyib, teringizga yopishib qolgani yaxshiroqdir” (Imom Muslim rivoyati). (“Fatovoyi Hindiya”).

 

Savolga O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi,

 

muftiy Usmonxon Alimov javob beradi.

 

 «Islom nuri» gazetasi 2015 yil 7-son