ZIYO RADIOSI
Rasmiy diniy-marifiy Internet manzili
Savol va Javoblar
Jinlar ta’siridan qanday saqlanish mumkin?

 

Savol: Jinlar ta’siridan qanday saqlanish mumkin?

 

Javob: Jinlardan saqlanishning yo’li ehtiyotkorlikdir. Ular ko’pincha shomdan keyin, ya’ni qorong’u tushayotgan mahalda tevarak-atrofga chiqishadi. Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday dedilar: “Xuftonda idishlarning ustini yopib, meshlar og’zini bog’lab, eshiklarni tambalab va bolalaringizni (uyda) olib o’tiringiz, chunki (shu vaqtda) jinlar atrofga tarqalishadi...” (Imom Buxoriy rivoyati).

Shayx Abu Bakr Jazoiriy aytadi: “Agar Alloh insonni saqlash uchun vakil qilgan farishtalar bo’lmaganida edi, jin va shaytonlarning yomonligidan hech bir zot najot topmasdi”(“Tafsiri Nasafiy”).

 

Savolga O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi,

muftiy Usmonxon Alimov.

 «Islom nuri» gazetasi 2015 yil 7-son