HOJILAR UCHUN “CHATBOT”

Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari bo’yicha vazirligi hojilarga yengillik yaratishga ko’maklashuvchi yangi dastur ishlab chiqdi.

Saudi Gazette nashrining xabar berishicha, ushbu dastur orqali Haj va Umra ziyoratchilarining savollariga avtomatik tarzda javob beriladi. Mazkur yangi dastur loyihasi Janadriyadagi 32- Milliy meros va madaniyat festivalida namoyish etildi. Keyingi yildan boshlab bu dastur ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani ham aytib o’tildi. Ushbu “Chatbot” ijtimoiy tarmoqlar platformasida amalga oshiriladi.

Unga savollar matnli ko’rinishda hamda audio holatda ham berilishi mumkin. Qanday turdagi savollarni berish mumkin va qaysi tilda javob berilishi hali aniq emas.

 

Internet materiallari asosida tayyorlandi

HOJILARGA MASLAHATLAR

Haj yoki Umra ziyoratiga borayotgan yurtdoshlarimizning har biri mazkur safarga oid ko’rsatmalarga ehtiyoj sezadi. Ushbu maqolamizda safar mobaynida asqotishi mumkin bo’lgan ayrim maslahatlarni berishni maqsad qildik.

Shulardan biri, ziyoratchilarning shaxsiy buyumlari haqidadir.  Makkai mukarramadagi Haram masjidida haj amallarini bajarish uchun borayotganda har bir ziyoratchi o’zi bilan shaxsiy buyumlarni olib olishi mumkin. Biroq masjidga katta sumkalar bilan kirishga ruhsat berilmaydi. Sizning sumkangiz masjidga kiraverishda tekshirilishi mumkin, ko’pincha ozuqalarni olib kirishga ham yo’l qo’yilmaydi.

Shuni aytish joizki, haj amallarini Alloh taoloning roziligini istab, Uning xayolida bajarish lozim,  yelkangizdagi sumkani birov olib, ichidagi qimmatbaho narsalarni o’g’irlamadimikan degan o’yda emas. Bu kabi xayollar sizni ibodatdan chalg’itadi. Shu bilan birga, buyumlaringiz sizga noqulaylik tug’dirishi, aytaylik, og’irlik qilishi mumkin. Mana shunday holatlarda ularni masjiddagi seyfda qoldirish imkoniyati mavjud. Masjid al-Haromda buyumlarni saqlash uchun bir necha bo’limlar mavjud. Har bir bo’limda seyfga o’xshash tahminan 320 ta xonachalar bor. Ularda buyumlarni saqlash narhi xonachalarning katta-kichikligiga qarab 2 – 7 saudiya riolini tashkil etadi.

     Bu yerda buyumlaringizni olib qolishdan avval, ularning orasida xavfli narsalar yo’qligiga ishonch hosil qilish uchun skaner orqali tekshiriladi. Bundan tashqari, asal va yog’ singari tez aynishi mumkin bo’lgan mahsulotlarni ham saqlash uchun olib qolinmaydi. Shundan so’ng, sumkangizning hajmiga qarab, xonacha tanlanadi. Buyum joylashtirib bo’lingach, sizga xonachaning raqami va foydalanish muddati haqida chek taqdim qilinadi. Ushbu chek yordamida xonachani ochish ham mumkin. Buyumlar bu yerda uzog’i bilan besh soat davomida saqlanadi. Agar ziyoratchi o’z buyumini unutib, uni besh kun mobaynida olmasa, quti ochilib, ichidagi narsalar ko’zdan kechiriladi. Unda qimmatbaho buyumlar bo’lsa, egasi kelib, so’raguncha saqlanadi. Agar ular qiymatga ega bo’lmasa, tashlab yuboriladi.

     Bunday seyflarni Qirol Abdulaziz masjidiga kiraverishda, Qirol Fahd majmuasiga kirish ro’parasida, “Al-Tavhid Interkontinental” mehmonxonasi to’g’risida, Marvadagi “Al-Haramayn” kutubxonasi yonida uchratish mumkin.

 

ARMON

Otam yoshligimdan vafot etib, u kishining bir singillari - ammam bor edilar. Bir hafsalam kelib, to’rtta non olib, ziyorat uchun uylariga bordim.

Boshlari osmonga yetdi. Keyinroq eshitsam, ammam bolalariga, qo’shnilariga: “Akaginamning o’g’li meni ko’rgani kelibdi. Ajoyib yog’li, yumshoq nonlar ko’tarib kelibdi, voy ammang aylansin”, deb bir necha kun quvonib yuribdilar. Bir kuni ishdan uyga kelsam, ammam o’tiribdilar, quchoqlab ko’rishdilar, erkaladilar. O’zimda bir yengillik his qildim.

-Ha ammajon, tinchlikmi? - deb hol so’rabman.

- Ha, tinchlik. Seni ko’rgim keldi, sog’indim, - dedilar.

Onam menga qarab, ammam bir tovoq osh ham qilib kelganliklarini aytdilar. Xursandchilik bilan dasturxon atrofida uzoq o’tirdik. Ketar paytlarida onamga "O’tgan kuni olib kelgan kalishlardan ammamga bir juft bering", dedim. Onam: "Kalishni biror kuni ko’rgani borganingda o’zing olib borarsan", deb yaxshi maslahat berdilar. Ammo... oradan kunlar, haftalar, oylar o’taverdi. Hamma narsaga keragidan ortiq bor bo’lgan vaqt ammani ko’rib kelishga topilmasdi...

Ishxonamda tushlikka yaqin telefon jiringlab qoldi. Menga ekan, oldim. "Tez qishloqqa yetib keling, ammangiz vafot etdilar", degan xabarni eshitdim. To’rtta nonga boshi osmonga yetgan ammamni kalish bilan siylay olmaganim, beparvoligim yuragimga bigizdek sanchilaveradi...

 

"Otamning nasihati" kitobidan

Bugungi kunda “bulling” tushunchasi ommalashib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgani hech kimni befarq qoldirmasa kerak. “Bulling” inglizcha so’z bo’lib, urushqoq, zo’ravon kabi ma’nolarni anglatadi. Ijtimoiy mohiyati esa, boshqalarni qo’rqitish, k

Bugungi kunda “bulling” tushunchasi ommalashib, ijtimoiy tarmoqlarda  keng tarqalayotgani hech kimni befarq qoldirmasa kerak.

 “Bulling” inglizcha so’z bo’lib, urushqoq, zo’ravon kabi ma’nolarni anglatadi. Ijtimoiy mohiyati esa, boshqalarni qo’rqitish, kamsitish, jismoniy va ruhiy terror qilish yo’li bilan o’ziga bo’ysundirib olish demakdir. Qolaversa,  birovlarning ustidan kulib, mazax qilish orqali ruhiy jarohat yetkazishdir. Bunday holatlar, ayniqsa o’smirlik yoshida juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda 14 yoshli qizning o’z joniga qasd qilganligi haqida xabar qilindi. Ma’lum bo’lishicha qiz internet tarmog’ida “bulling”ga uchragan.  Qizning otasi  internet tarmog’i orqali qiziga bosim uyushtirganlarni dafn marosimiga taklif qilgan. Bu bilan u  qizining hayotini zaharlab, oilasiga qanday kulfat keltirganini ko’rsatmoqchi bo’lgan.

Insonlarning aybi, nuqsonini masxaralab kulish, mazax qilish va laqab qo’yishdan tiyilmagan kimsalar nafaqat o’zining qanday tarbiya ko’rganini ko’rsatib qo’yadi, balki o’zini o’zi azobga giriftor qiladigan zolim ham hisoblanadi. Bu xaqida Alloh taolo Qur’oni karimda ogohlantirib: “Ey mo’minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo’min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimol (masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo’lsalar. Yana (sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni (masxara qilmasinlar)! Ehtimolki (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo’lsalar. O’zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o’shalar zolimlardir” (Hujurot, 11).

Oyatning nozil bo’lish sabablaridan biri haqidagi rivoyatga ko’ra, oyat Tamim qabilasi vakillari haqida tushgan. Ular Madinaga kelishganida, Ammor, Xabbob ibn Fuhayra, Bilol kabi kambag’al sahobiylarning bir ahvoldagi ust-boshlarini ko’rib kulishadi. Bu albatta ularga nisbatan hurmatsizlik edi. Shu sabab Alloh taolo Hujurot surasini 11-oyatini nozil qildiki, nafaqat saxobalarga balki qiyomatgacha insoniyatga eslatma bo’lib qoldi. 

Bugungi kunda ham yoshlarimiz orasida shunday xunuk xolatlarni ko’rasanki,  ota-onasi olib bergan qimmatbaho kiyimlarini ko’z-ko’z qilib, kibr-havoga berilishadi. Agar o’zlari peshona-ter bilan ishlab topgan puliga sotib olganda ham boshqa gap edi. Ota-onasi o’rtahol bo’lib, qimmatbaho kiyim-kechaklarni olib berishga imkoniyati bo’lmagan yigit-qizlarni esa mazax qilganday bo’lishadi. Bunday kamsitishdan ularni ruhiy tushkunlikka tushishiga va ko’pincha o’zaro adovat kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Mana shu ham “bulling” illatiga kiradi. Voyaga yetmaganlar orasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikni kelib chiqish sabablaridan biri “bulling”ga mukkasidan ketishidir. Dunyo bo’yicha 11-13 yoshdagi maktab o’quvchilarini “bulling”ning qurboni bo’layotgani bugungi kunning fojeasidir. Demak, ota-ona farzandlarida bo’layotgan o’zgarishlarga  befarq bo’lmasligi kerak. Masalan, bolaning maktabga bormaslik uchun bahona qidirishi, asabiylashishi, maktabga borishda boshqa yo’llarni qidirishi va boshqa xarakatlari shubhali bo’lishi mumkin. Yaxshi bilamizki, ta’lim dargohlarida a’lo bahoga o’qiydiganlar ba’zi ustozlarni  arzandasi bo’ladi. Aqlan va jismonan zaif o’quvchilar, ota-onasi kam ta’minlangan yoki ota-onasi ajrashib ketgan yoxud ota-onasi yo’q yetimlarga esa e’tiborsizlik  bilan qarashlari oqibatida ruhiy jarohat yetishi mumkin. Shunday holatlarning ham guvohi bo’ldikki qo’liga erk berib o’zini hammadan kuchli hisoblab zo’ravonligini ko’rsatmoqchi bo’lgan yoshlar hayotda o’z o’rnini topishlari qiyin ekan. Qolaversa, bunday yoshlar kuchini kimgadir emas, balki sport sohasida o’zini ko’rsatishi, jonajon vatanini bayrog’ini yuqorilarga ko’tarishi maqsadga muvofiq bo’lar edi. Yana ta’kidlash lozim bo’lardiki, “bulling”dan tashqari “Kiberbulling” degan balo  internet servislari orqali yoshlarni ijtimoiy qaram qilishga, agressiyaga, boshqalarni haqorat qilishga da’vat etuvchi axborotlari bilan  internet yoki mobilь telefon orqali amalga oshiriladigan beboshlikdir. “Kiberbulling” qurbonlari ota-onalariga yordam uchun murojaat qilishdan qo’rqishadi. Negaki qo’shimcha jazo olishi  kompьyuter yoki telefondan foydalanishdan mahrum etilishi mumkin. Shu sabab boshiga tushgan muammoni yechimini izlab  boshi berk ko’chaga kirib qolishi mumkin. Bu borada ota-onalar  ogoh bo’lishi kerak. Aslida farzand tarbiyasi bolalar bog’chasi tarbiyachisi yoki maktab o’qituvchilari zimmasida emasligi, balki har bir ota-onaning Alloh taolo oldida bergan va’dasiga vafo qilishi deganidir. Chunki farzand  yaratgan tomonidan berilgan buyuk omonatdir.

Farzandlari sog’lom yurt – qudratlidir. Bu g’oya buguni hayotimizga kirib, o’z samarasini bermoqda. Yurtni, elni qudratli ko’rishni istasak, farzandlarimizni  yomon ta’sir va tahdidlardan asray olishimiz kerak.

 

      Bo’stonliq tumani “Doniyor bin Ozod” masjidi imom-noibi

M.Abdusaitov