“TAHNIK”NING FOYDASI ILMIY ISBOTLANDI

Islom dinida farzand tug`ilishi bilan bog`liq an`analar mavjud. Ulardan biri,  Payg`ambar (s.a.v.) sunnatlari bo`lgan - “Tahnik” dir. 

Bu marosimning mohiyati – xurmo shirasini ezib (yoki chaynab) oz miqdorda barmoqqa olib, yangi tug`ilgan bolaning tanglayiga surib қo`yish demakdir. Hadislarda keltirilishicha, Payg`ambarimiz (s.a.v.) ga yangi tug`ilgan chaqaloqni olib kelishadi: “... U (s.a.v.) Allohga hamd aytdi va chaynab ezilgan xurmo shirasini uning tanglayiga surib қo`ydi”. (Muslim 1/237) Islom dinida har bir buyruq yoki tavsiyalar chuqur mohiyatga egadir, Tahnik ham ana shular jumlasidandir.

Oxirgi vaqtlarda ilm-fanning turli sohalarida ko`plab kashfiyotlar amalga oshirilmoqda. Bularning aksariyati Qur`on va hadisda ҳam tasdiqlangani ayon bo`lmoqda. Jumladan, britaniyaning ilg`or korporatsiyasi – BBCda bir dastur efirga uzatildi. Unda mutaxassislar “shakarning gel ko`rinishidagi kichik miqdorini olib chaqaloq og`zi ichining tepa tarafiga surish – chala tug`ilgan chaqaloqlarning miyasini lat yeyishdan saqlashda samarali natija berishini” isbotlab berdilar.

Tadqiqotlarga ko`ra, har o`ninchi chala tug`ilgan chaqaloq «gipoglikemiya», ya`ni qondagi shakar darajasi kamligi, kasalligidan aziyat chekadi. Ma`lum bir zarur amaliyotsiz, bu go`dakning miyasi lat yeyishiga olib kelishi mumkin.

Yangi Zelandiyaning tibbiyot xodimlari 242 ta “Shirinlik surtish” amaliyoti қo`llangan yangi tug`ilgan chaqaloqlarning qonini tekshirdilar.

 Natijalar esa hayratlanarli darajada bo`ldi!

The Lancet nashrida klinik sinovlarning yakuniy xulosalari e`lon qilindi. Jeyna Xarding universitetining ilmiy tadqiqotchilar gruppasi o`qituvchi va professorlarining aytishicha, dekstroz (glyukoza) dan iborat bo`lgan gel yordamidagi davolash 1 funtdan oshmaydi hamda  tomirga glyukoza yuborishdan ko`ra ancha osonroq va samaraliroqdir. Ma`lumki, chala tug`ilgan bolalarni kuchli oziqlantirish bilan gipoglikemiya kasalligiga qarshi kurashib bo`lmaydi, shu sababli ko`pchilik bolalarning tomiriga glyukoza yuboriladi. 

Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko`rsatdiki, gipoglikemiya kasalligi tashhisi qo`yilgan bolalarda «shirinlik surtish» (dekstroznqy gel) qo`llanganida kuchaytirilgan oziqlanishdan ko`ra samaraliroқ natija beradi, bolaning ahvoli yaxshilanadi.

London Universiteti kolleji qoshidagi ayollar sog`lig`ini saqlash Instituti xodimi Neyl Marlou (Neil Marlow) ning fikriga ko`ra, shirinlik surtish kamchiqim va samarali usul bo`lib, uni tibbiyot xodimlari tavsiyasi bilan qo`llash mumkin.

«Tahnik», ya`ni yangi tug`ilgan chaqaloqlarning tanglayiga shirinlik surtish odati - necha asrlar muqaddam islom dini ta`limoti orqali tavsiya etilgan, Payg`ambar (s.a.v.) sunnatlari bilan tasdiqlangan. Bugungi kunda fan olimlari tomonidan ushbu odatning chaqaloq uchun foydali ekanligi tasdiqlangani islom dinining naqadar haq va insonparvar din ekanligini ko`rsatib beradi. 

 

Sharifa G`anieva tayyorladi