ONA SHER HAM YEMAS KIYIK BOLASIN...

Bir muddat tafakkur qiling yurtdoshim
Bolangiz ko’ziga boqing va o’ylang:
Jahonda ne ishlar sodir bo’lmoqda
Shukrona aytmoqchun dunyoga bo’ylang

Har makon tinch emas bugun zaminda
Kim kimni o’ldirib, yondirgani rost
Vahshiy zolimlarning kasofatidan 
Tinchlikni orzulab yasharlar hayhot Murg’ak go’daklarning aybi ne ekan?
Kimidir yetimlik zaqqumin totdi
Johillar shu bilan ko’ngli tinchmikan?
Nozik qo’llariga qurollar botdi... Minglab norasida qorako’zlarim
Bevaqt ko’z yumdilar, ko’rmayin e’zoz
Jannat rayhonlarin ayamay toptab
Jannatni orzulash qay aqlga xos?! Islomiy odobda, bolaning boshin
Tepadan pastgacha silamoq joiz
Aksincha silansa chekarkan ozor
Ozgina ozor ham ekan nojoiz Qarang, dinimizning o’giti ajib
Shunchalar ehtirom go’daklar uchun
Islom da’vosini qilganlar oldin
Odobni, imonni bilmog’i ustun Beg’ubor bolaning to’kkan ko’z yoshi
Jamiki dunyoning tashvishiga teng
Xatoyu illatni bilmagan qalbi
Pokiza billuru sadaflarga teng Zaminning chetida bolalar sarson
Butun dunyo uni kuzatar sokin...
Kimdir duo qilar tilab omonlik
Kimdir ko’tarolmas bu xabar yukin Bolalar joniga tajovuz nechun?
Ona sher ham yemas kiyik  bolasin
Hayvondan vahshiylar bormi jahonda?
Rohatmi eshitish farzand nolasin?.. Yuragim faryodin yutaman arang,
Baxtli bolajonim bag’rimga bosib
“Shukr” deya artaman ko’zim yoshini 
Iltijo qilaman Haqqa yolvorib: “Sen O’zing Buyuksan, har nega qodir

Asra go’daklarni vahshiy zulmidan

Tavfiq ber kaslarga, ko’zi qonlarga

Shafqat ber ularning toshdek ko’ngliga

 

Allohim, dunyoda azob chekmasin,

Begunoh bolalar, norasidalar

Hech inson ko’rmasin sitamu alam

“Bolam” deya bo’zlamasin onalar

 

Dilbandlar bo’lsinlar olimu fozil

Dillari iymonu ixlosga to’lsin

Kurashsin zulmatga qarshi irfonla

Dunyoda ma’rifat ustuvor bo’lsin

 

 

Sharifa G’ANIYEVA,

“Ziyo” media markazi bosh muharriri