2017 YIL… G’ALABA YILI

Mana, 2017-yil ham yakunlab bormoqda. Barchamiz ushbu yilda nimalarga erishganimiz, rejamizdagi qaysi amallarning uddasidan chiqib, qaysi birlari keyingi yilga qolgani, o’tgan davr nimasi bilan hayotimizda o’rin qoldirgani haqida biroz bo’lsada mushohada yuritmoqdamiz.

Bu borada butun dunyo hamjamiyati ham o’z fikrlari bilan o’rtoqlashmoqda. Jumladan, Rossiya aholisi o’rtasida, o’tayotgan 2017-yil nimasi bilan ahamiyatli ekanligi borasida keng so’rovnoma o’tqazildi. Ushbu so’rovlarda qatnashgan kishilarning 23 % i 2017-yilning eng ahamiyatli hodisasi sifatida ISHID terroristik guruhining tor mor etilishini qayd etishdi. Bundan tashqari, Rossiya Liberal demokratik partiyasi vakili Vladimir Jirinovskiy ushbu yilda xalqaro terrorizm ustidan g’alaba qozonilganini ta’kidlab, bundan buyon 11-dekabr sanasi G’alaba kuni sifatida nishonlanishini taklif etmoqda. Italiya Bosh vaziri Paolo Jentiloni ham 2017-yil butun jahon ommasi xotirasida ISHID terroristik guruhining mag’lubiyati sifatida muhrlanib qoladi, deb ta’kidlamoqda. Eslatib o’tish kerakki, yaqinda AQSH prezidenti Iroq va Suriya hududilari ISHID kuchlaridan 100 % ozod etilganini ommaga ehlon qilgan edi.

 

Internet materiallari asosida

Xurshida Abdullayeva tayyorladi