ABU BAKR AL-XORAZMIY

 

Abu Bakr al-Xorazmiy 323 hijriy (935 milodiy) yili Xorazmda tug’ilib, ilk ta’limni shu yerda oladi. Umrining gullagan davrida (20-25 yoshlarida) vatandan chiqib, Iroq va SHomga boradi, yetuk olim va shoirlar bilan tanishib, ulardan ta’lim oladi. 

 

 

Abu Bakr al-Xorazmiy

(935-993)

 Keyin Halabga borib, mashhur Hamdamiylar amiri, shoir va olimlar homiysi Abulhasan Sayfuddavla (944-967) bilan tanishib, uning saroyida xizmat qilib, so’ng Buxoroga keladi, Somoniylar saroyida yashab, vazir Abu Ali al-Bal’amiy (960-974 va 992-996) bilan do’stlashadi, lekin u bilan munosabati yomonlashib, Nishopurga yo’l ola­di. Bu yerdagi taniqli shoirlar Abulhasan al-QAZVINIY, Abu Man­sur al-Bag’aviy va Abulhasan al-Hakamiylar bilan do’stlashib, ular­ning shoirlik mahoratidan bahramand bo’ladi.

 Umuman Xorazmiyning umri fojialar va rohatbaxsh etuvchi onlarga to’la. U turli shaharlarda bo’lib,qamoqda ham yotib chiqadi, amirlarning e’tiboriga tushib boylik ham orttiradi, amaldorlarning g’azabiga uchraydi va h. k. Abu Bakr al-Xorazmiy Nishopurga kelib, bu yerda muqim yashay boshlaydi. Talabalarga saboqberadi, she’r yozishni o’rgatadi, nishopurlik mashhur adib, shoir va olimlar, shular qatori as-Saolibiy bilan do’stlashib, ularning majlislarida ishtirok etadi. Yana Somoniylar vaziri al-Utbiy siquvidanqutilish uchun qochishga majbur bo’ladi. SHoir bir necha vaqtdan so’ng yana Nishopurga qaytadi, umrining oxirida yakkalanib qoladi va hayotining keyingi davri og’ir musibatlar bilan o’tadi. U hijriy 383 (milodiy 993) yili Nishopurda vafot etadi,

 Abu Bakr al-Xorazmiyning adabiy merosidan arab tilidagi katta devoni va «Risolalari» bizgacha yetib kelgan. Abu Bakr al-Xoraz­miy «Risolalari» X asr nasriy adabiyotining mashhur yodgorligihisoblanadi. Til va uslub jihatdan nihoyatda puxta ishlangan bu asar saj’ (qofiyali nasr) bilan yozilgan bo’lib, shoir zamonasidagi mashhur kishilar: amir, vazir, lashkarboshi, qozi, amaldor, faqihlarga, adib va tilshunos olimlarga, ya’ni al-Xorazmiyning do’stlari va homiylariga yozilgan xatlardir. Risolalar mazmuni tur­li bayramlar, yuqori martabaga ko’tarilish va biror muvaffaqiyatni qo’lga kiritish, o’lim, mansabdan chetlatilish, kasallik yoki urush havfi kabi munosabatlar bilan tabrik yoki qayg’u izhor etib, tasalli berish, tuhfalar uchun tashakkur aytish kabilardir. Risolalar orasida al-Xorazmiyning o’z shogirdlariga yozgan maktublari ham ko’plab uchraydi.

 Al-Xorazmiy risolalarining aksariyati ilm-fan, aql-odob, adolat, himmat, do’stlik kabi muhim ijtimoiy masalalarga bag’ishlan­gan bo’lib, ularda qo’llangan iboralar xalqhikmatli so’zlariga aylanib ketgan.

 SHoir risolalaridan manbalarda keltirilgan ba’zi bir parchalar tarjimasini beramiz: «Hurmat ehson bilan barobardir... Do’stlashish murojaat emas, xushmuomalaliklar, xushmuomalalik esa chuqur tekshirish va o’rganishni uzoqqa cho’zmaydi ham, hisob va sarfni ko’tarmaydi ham. Karamli kishi tahqirlansaham azizdir... Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo’qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir. Extiyotsiz (qilingan) dori-darmon kasallikdir, unga hojat tushgandagina, u shifo bo’ladi... Olijanob kishi agar (birov) jarohatlansa, (uni) bog’lab qo’yadi, yirtsa — yamaydi, agar bir tomondan zarar keltirsa, har tomondan foyda keltiradi... Oliyhimmat zafarining karomati (shundaki), agar qo’lga kiritsa, (boshqalarga) be­radi, pastkash zafarining kabihligi shundaki, agar qo’lga kiritsa, ko’proqqo’lga kiritishni istaydi... Otalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish otasi, birinchisi jismoniy hayot sababi, ikkinchisi ruhiy hayot sababidir... Karamli kishi go’zallik bilan savdo qiladi, mol bilan savdoqilmaydi... g’azabli hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko’mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi. qalbaki maqtash haqoratlashdir. Poydevorsiz qurilgan bino qulaydi... Muhabbat harqanday qimmat narsaning bahosidir va har qanday yuqori narsaning shotisidir... Agar hokimiyat atrofida adolat hukm surmasa, u inqirozga yuz tutadi... Rostgo’y til yolg’on so’zlasa, tutilib qoladi».

 Yana bir boshqa risolasida shunday yozadi: «Odamlardan shundaylari borki, (hokimiyatni) boshqarganda, nafsi uni amaldan tushiradi, odamlardan shundayi borki, lavozimdan bo’shaganda, fazilati uni yana o’rniga o’tkazadi», «Kimki odamlar qalblarini ovlayman desa, unga ehson va muruvvat donlarini sepishi, fazl va olijanoblik tuzoqlarini qo’yishi kerak».

 Al-Xorazmiy she’rlari asosan qasida, g’azal, vasf va hajviyotdan iborat. Agar uning qasidalari amir va vazirlarga bag’ishlangan bo’lsa, hajviy she’rlari esa asosan amaldorlarga hamda o’z raqibi shoir va adib, maqoma janrining asoschisi Abulfazl al-Hamadoniyga (vafoti 1007 y.) qarshi qaratilgan. Ishqiy misralar, mahbubni tarannum etish ham al-Xorazmiy ijodida asosiy o’rinni egallaydi.

Uning she’rlariga xos narsa shuki, shoir tazminni (o’z she’riga boshqa she’rni kiritib ketish) juda ko’pqo’llagan.

O’sha vaqt shoirlarida keksalikdan shikoyat qilish juda keng tarqalgan edi. Al-Xorazmiyning hamqarilikdan nolib yozgan she’rla­ri ancha uchraydi. Masalan: «Soch oqidan shikoyat qilib, unga zulmqilayotganingni ko’rib turibman, soch oqi bir ekin (bo’lsa), uning urug’i umrdir. U go’yo sharob, xumor uni o’ziga jalb qiladi, axir xumori hajv qilinib, sharob maqtalardi-ku».

Al-Xorazmiy ijodida sharobni maqtab yozilgan she’rlar ham uch­raydi, lekin shoir mayning kishi hayoti uchun zararli ekanini ham unutmagan:

«Kosa va cho’ntakning ikkalasini (barobar) to’ldirishga hukm qilmagan, kosani to’ldirish uchun cho’ntak bo’shatish kerak», deydi shoir.

Jamiyat uchun illat bo’lgan ishyoqmas, dangasa kishilar haqida yozar ekan, ulardan hazar qilishga da’vat etadi:

«Dangasaning hojatida unga hamroh bo’lma, qancha solih kishilar boshqaning fasodi bilan buzilib ketmadilar». Boshqa bir she’rida yozadi:

«Ulug’ odam kichik odamning suhbati bilan kichik bo’lmaydi, bal­ki kichik odam ulug’ odam xizmatida ulug’ bo’ladi». Yana bir she’rida:

«Ikki narsa kishida birlasha olmadi: dinorlarga muhabbat va do’stga muhabbat». Boshqasida: «qachon zamonani koyisang, sabr qiluvchini koyigan bo’lasan, sen yig’laysan, koyilayotgan (zamona) esa kuladi» v. b.

Abu Bakr Muhammad ibn al-Abbos al-Xorazmiyning boy ijodiy merosi barcha SHarq va G’arb olimlari tomonidan qizg’in o’rganilgan va o’rganilmoqda.

As-Saolibiy «Yatimat ad-Dahr» asarida al-Xorazmiy haqida maxsus to’xtab, uni «Zamonasining eng donosi, odob dengizi, nasr va nazmning tug’i, fazl va idrok olamidir. Ajoyib va ibratli balog’atni (o’zida) mujassamlashtirgandi», deb ta’riflaydi.

As-Saolibiy al-Xorazmiyning o’z mulohazasining o’tkir, go’zal va ishonarli bo’lishi bilan har qanday yig’ilishda g’olib chiqishi, uning risolalar devoni jildlarga ajratilib keng tarqalgan, she’rlar devoniham xuddi shundayligini alohida ta’kidlab o’tadi.

O’rta asr mualliflari Utbiyning «Tarixi al-Yamini», ibn al-Asirning «Komil fi-tarix», ibn Xallikonning «Vafayat al-a’yan» kabi asarlarida Abu Bakr al-Xorazmiy asarlariga yuqori baho berilib, u haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgandir.

SHuningdek, al-Xorazmiyning hayoti va ijodi haqida Ovro’po olimlari V. Alьvardt, K. Brokelьman, X. Gibb va boshqalar o’z ishlarida eslab o’tishgan.

Abu Rayhon Beruniy o’z ijodida al-Xorazmiyning boy ijodiy merosidan keng foydalangan.

Al-Xorazmiy Markaziy Osiyoda X asr adabiy hayotidagi arab tilida ijod etgan mashhur adib hamda so’nggi badiiy jarayonga katta ta’sir ko’rsatgan ijodkor sifatida tilga olinadi.

Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik

mashhur siymolar, allomalar, adiblar)

kitobidan olindi

TELEFONMI YO QUR’ON...

Bir kuni turmush o’rtog’im uyga shoshib kirib: «Telefoningni ber, qo’shniga sotib, boshqa yaxshisini olib beraman!» deb qoldilar. «Mayli», deya u kishiga oppoq qo’l telefonimni uzatdim…

«Bu ham telefon jinnisi ekan», deb o’ylayapsizmi?! Rosti, avvaliga ozgina bir nimasini yo’qotgan odamdek his qildim o’zimni. Keyinchalik nima uchun bunday holga tushganimni tushundim.

To’g’ri, telefon orqali – shu kichikkina to’rtburchak ashyo tufayli – har kim o’zi izlagan «dunyo»ga kirib boradi… oxir-oqibat undan chiqolmay qoladi. O’zim-chi, xo’sh, men nima uchun telefonsiz qolib qiynaldim?!

Men kimlargadir o’xshab tinmay ijtimoiy tarmoqma-tarmoq kezib yurmayman, shukr. SHunchaki qiynalishimga sabab – kundalik zikrlarimsiz qolib ketdim…

Har kuni bomdod va shom mahali, ayniqsa, izlanib qolaman, deng. Oq telefonimda esa butun boshli duolar kitobi va Qur’oni Karim bor edi. Uni ochib o’qishga aslo qiynalmasdim. Tayyor dasturimdan ajralib qolib, qalbim huvillab qoldi.

 To’g’ri, hali ham undan yaxshisiga yetolmadim… lekin tan olish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarsiz ham hayot tabiiy go’zalroq ekan, azizlar. CHindan ham bolalaringizga haqiqiy ma’noda qaraysiz, ular bilan qiziqasiz, haqiqiy Qur’oni Karimni ochib, oyatlarini izlab o’qiysiz, kitoblarni tabiiy holda mutolaa qilasiz. Xullas, hammasi o’z holicha sodir bo’ladi. Bir shisha banka ichidan chiqqanday bo’lasiz go’yo, desam, mubolag’a bo’lmaydi.

 Endi esa turmush o’rtog’imga ham o’z telefonini oddiy qo’l telefoniga almashtirishini tayinlaganim-tayinlagan. Sababi hatto ovqat mahali ham shuni titkilab o’tiradilar, biz esa u kishining yuziga qarab o’tiramiz: bir kulishlariga, bir qovoq uyishlariga boqib ovqatlanamiz. Oxiri: «Bizga vaqt ajratmasangiz ham, ovqatni qaerga yeyayotganingizni biling, dadasi», deb yuboraman. Bu gapimdan so’ng bir chetga qo’yilgan telefonni bolalarim talashib ketishadi. «Hoy, endi sizlar boshladingizmi?!» desam, «Oyi, «mushuk»ka qarab qo’yaylik, balki ochqab ketgandir, hojatga borgisi kelayotgandir… Agar hozir qaramasak, dadam yana telefonlarini olib qo’yadilar», deyishadi chug’urlab. Nima deyishni ham bilmay qolasan odam.

SHu «sobiq» oq telefonimda bir tarmoqda o’qigan hikoyam hech esimdan chiqmaydi, uni aynan keltira olmayman, lekin aytib beraman. Quloq soling, balki sizga bu tanishdir, har holda yana bir bor eslatma bo’lsa, ibrat bo’lsa, ajab emas.

Kasalxonaga nuroniy bir onaxon betob bo’lib yotqiziladi. Unga bir hamshira har kuni qaraydi. Onaxon necha kun davolanib yotgan bo’lsa, shuncha kun qo’ni-qo’shnisi, uzoq-yaqin qarindosh-urug’lari, quda-andasi, xullas, ko’pchilik ko’rgani keladi. Mehr-oqibat tobora yo’qolib borayotgan bir zamonda buni kuzatgan hamshira nihoyatda ajablanadi.

Ertaga javob degan kuni u katta o’g’ildan nima uchun ko’pchilik onasini ko’rgani kelganining sababini so’raydi. «Onam juda yaxshi ayollar, hammaga mehr-oqibat ko’rsatadilar, shuning uchun bo’lsa kerak-da», deydi o’g’il. Bu javobdan qoniqmagan hamshira onaxonning o’zidan buning boisini bilgisi keladi. SHunda onaxon nima javob qilgan, bilasizmi?! Balki, uning javobini eshitib, siz ham men kabi hayratlar va ko’z yoshlar ichida qolarsiz!?

«Bolam, men qaerga, kimning uyiga borsam, Qur’oni Karimni ko’zlarim bilan qidiraman. Unga ko’zim tushgan zahoti darhol qo’limga olib, yarim-bir bet o’qiyman va Kitobni yopib, Robbimga shunday duo qilaman: «Allohim, men Sening Kitobingni tashlab qo’ymaganim kabi Sen ham meni tashlab qo’ymagin!»

Uni tinglab turgan hamshiraning ham ko’zlaridan tinmay yosh oqardi. U onaxonni shu tobda mahkam bag’riga bosgisi keldi.

Ha, azizlar, ana Qur’on Karimga bo’lgan e’tiborning mukofoti! Qani edi, qo’limiz tinmay telefonga emas, Qur’oni Karimga yugursa… Qaniydi, telefondagi narsalarni kulib yo yig’lab o’qiganimiz kabi Buyuk Allohning Kalomini ham berilib tilovat qilsak…

«Har narsaning o’z o’rni bor», dersiz?! Xo’p, shunday ekan, biz musulmonlarning telefonga tikilganimizdek, Qur’oni Karimni ham o’qib qo’yganimiz qani?!

Madomiki, kim Qur’onni o’qishni bilsa-yu, uni uch kundan ortiq tashlab qo’ysa, «g’ofillardan» deb yozib qo’yilishini bilamizmi? (Bilamiz, chunki bu haqdagi maqolalarni ana shu telefonlarimizdan allaqachon o’qiganmiz.) Agar Qur’onni tashlab qo’ysak, u qiyomat kuni orqamizdan kelib, jahannamga itarishini-chi?!

SHunday ekan, keling, barchamiz Alloh taolo bizga dastur qilib yuborgan Kitobini o’qiylik, mag’zini chaqib, unga amal qilaylik. Zero, ana shunda ijtimoiy tarmoqlardan topgan rohatdan ustunroq rohatni qo’lga kiritamiz…

Zuhra HAMDAMOVA,

Jurnalist

Quran.uz saytidan olindi